Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 02:44 / 31.10.2018
3537
2 daqiqa o‘qiladi
Iqtisodiyot vazirligida Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi davlat muassasasi tashkil etilmoqda va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlar (xizmatlar) va tovarlar (xizmatlar) to‘g‘risidagi ro‘yxatni xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron axborot portalini yaratish;
- ichki ishlab chiqarish quvvati, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ichki bozorda ishlab chiqarilgan va iste'mol qilinadigan mahsulot bahosidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
- tovar bozorlaridagi narxlarning, talab va takliflarning o‘zgarish dinamikasini tahlil va monitoring qilish asosida tegishli takliflar tayyorlash;
- tarmoq bozorlar kon'yunkturasini respublika va hududlar bo‘yicha o‘rganish asosida ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:47 / 15.08.2023
Iqtisodiyot vazirligi 2022 yilda budjet taqchilligi qaysi manbalardan qoplanganini ochiqladi
08:35 / 23.07.2022
Maktablarda pedagogik stavkalarni qisqartirish yuzasidan hech qanday ishlar olib borilmayapti - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
08:32 / 06.08.2021
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi
13:38 / 16.12.2019