Sport | 20:12 / 31.10.2018
6233
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada gol urib, «Metallurg»ni yengdi va boshqa natijalar

Superligada 28-turdan o‘rin olgan 3ta o‘yin yakunlandi.

«Lokomotiv» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natijadan so‘ng, «temiryo‘lchilar» 36 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. 

«Qizilqum» o‘z uyida «So‘g‘diyona» bilan bellashdi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabadan mahrum bo‘ldi. «Neftchi» ham oxirgi daqiqalarda o‘tkazilgan gol tufayli, qimmatli ochkolardan mahrum bo‘ldi.

Superliga, 28-tur
31 oktabr 

«Lokomotiv» - «Metallurg» 1:0
Gol: Anzur Ismoilov (90)
Chetlatish: Zabihillo O‘rinboyev (66, «Metallurg»)

«Neftchi» - OKMK 1:1 
Gollar: Andrey Sidorov (14) - Vladimir Bubanya (83)
Chetlatish: Vladislav Kasminin (55, OKMK)

«Qizilqum» - «So‘g‘diyona» 2:2
Gollar: Artur Gevorkyan (23, 83) - Oybek Nurmatov (31), Darvidas Sernas (90+3)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid