Jahon | 22:10 / 31.10.2018
5507
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya uzoq ta'sir doirasiga ega havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yaratishni boshladi

Foto: REUTERS

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakati uzoq ta'sir doirasiga ega milliy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yaratishni boshlaganini ma'lum qildi.

“Bizga uzoq masofalarga mo‘ljallangan o‘z havo hujumiga qarshi tizimimiz zarur va biz uni yaratishda birinchi qadam qo‘ymoqdamiz. Biz bunday milliy tizimni ishlab chiqishni boshladik, u Siper deb nomlanadi. Bu tizimning ilk sinovlarini 2021 yil oxirida o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an Turkiyada yangi mudofaa sanoati texnologiyalari taqdimotida.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya o‘zining yuqori texnologik mahsulotlarini ishlab chiqarish ulushini oshira olsa, kuchli va hech kimdan tobe bo‘lmagan davlat bo‘ladi oladi. “Turkiya mudofaa sanoatida milliy texnologiyalar ulushi 65 foizni tashkil qiladi, bu hali chegara emas. Biz bu ko‘rsatkichni yanada oshiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid