Jahon | 09:32 / 01.11.2018
2774
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda Shimoliy Koreyada inson huquqlari buzilishini qoralovchi yangi rezolyutsiya taqdim qilindi

Foto: Global Look Press/ZUMA

BMTda Shimoliy Koreyada inson huquqlari buzilishini qoralovchi yangi rezolyutsiya taqdim qilindi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.  

Yevropa Ittifoqi va Yaponiya tomonidan tashabbus bildirilgan rezolyutsiya 31 oktabrda gumanitar masalalar bilan shug‘ullanuvchi Uchinchi qo‘mitaga taqdim qilingan. 

Ta'kidlanishicha, yangi hujjat avvalgi yildagisiga o‘xshash bo‘lib, “KXDRda inson huquqlarining tizimli ravishda muntazam va ko‘p yillik, katta ko‘lamli va qo‘pol buzilishlari qoralangan”. 

Rezolyutsiya mualliflari Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni Xalqaro jinoiy sudda ko‘rib chiqilishiga chaqirishgan va Shimoliy Koreya yetakchisini javobgarlikka tortishni talab qilishgan.

Shu bilan birga hujjatda Koreya urushi oqibatida ajralgan oilalar masalalari bo‘yicha Koreyalararo kelishuvlar qutlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid