Light | 21:58 / 01.11.2018
13899
1 daqiqa o‘qiladi

Bu joy umuman xavfsiz: Meduzalar oroliga sayohat

Quyida tasvirlangan suratdagi Meduzalar oroliga bejiz bunday nom berilmagan. Axir unda 2 milliondan ortiq meduza yashaydi. Bu ko‘l Tinch okeanidagi orolda joylashgan.

Foto: CC

Suv havzasida meduzalarga tahdid soladigan boshqa tirik jonzotlar bo‘lmagani sabab ular umuman xavfsiz. Odamga hech qanday xavf uyg‘otmaydi. Aynan shuning uchun u butun dunyoda mashhur. Meduzalar bilan g‘aroyib suratlar olish uchun yerning turli qismlaridan sayyohlar tashrif buyurishadi. Dayverlar ham bu ko‘lni yoqtirishadi.

Foto: CC
Foto: CC

Shunga qaramay, bu suv havzasida xavf mavjud. Aniqrog‘i, 15 metrdan chuqurga tushilganida tabiat, aniqrog‘i, ko‘ldan kuyish jarohatini olish ehtimoli bor. Axir bunday chuqurlikdagi suv tarkibida kislorod kam, fosfat esa katta miqdorda.

Mavzuga oid