Sport | 20:56 / 01.11.2018
23711
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Meyuezer bilan ringda va qafas ichida jang o‘tkazmoqchi 

 UFC chempioni Habib Nurmagomedov bokschi Floyd Meyuezer bilan ikkita jang o‘tkazishga umid qilmoqda. Bir jang boks qoidalari bo‘yicha, yana bir jang esa MMA qoidalari bo‘yicha o‘tishi kerak, deb xabar berdi Talksport.

"Agar Floyd Meyuezer bilan ikki tomonlama kelishuv imzolasak, muxlislar qanoat hosil qilishadi. Birinchi bahs ringda, ikkinchisi esa qafas ichida bo‘ladi. Men o‘zimni boksda sinab ko‘rmoqchiman. Bu adolatli bo‘lgan bo‘lardi", — deya Nurmagomedovdan iqtibos keltiradi beIN Sports.

Oktyabr o‘rtalarida Nurmagomedov Meyuezerga jang o‘tkazishni taklif qilgan va amerikalik bokschi telekanallarni jangni translyatsiya qilish huquqini sotib olish uchun pullarini tayyorlashga chaqirgandi.  

Meyuezer va Nurmagomedov o‘zlari qatnashadishgan sport turlarida biror marta ham mag‘lub bo‘lishmagan. 2017 yilda Meyuzer UFC vakili Konor Makgregorni boks qoidalari bo‘yicha mag‘lub etgan, Nurmagomedov esa oltinchi oktabr kuni Makgregor ustidan las-Vegasda bo‘lib o‘tgan MMA turnirida g‘alaba qozongan. 

Mavzuga oid