Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple aksiyalari «quladi»
Apple aksiyalari 7 foizga arzonlashdi, sababi korporatsiya iPhone smartfonlari savdosi o‘sishiga erisha olmadi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, joriy chorakda Apple deyarli 47 million dona iPhone sotdi, bu bir yil avvalgi miqdorga deyarli tengdir. Ta'kidlanishicha, iPad planshetlari savdosi 6 foizga kamayib, 9,7 million donani tashkil qildi, Mac kompyuterlari esa 2 foizlik pasayishni qayd etib, 5,3 million donaga teng bo‘ldi.
Shu bilan birga, sentabr oyi oxirida yakuniga yetgan, joriy yilning to‘rtinchi choragida kompaniya daromadi 62,9 mlrd dollarni tashkil qildi - bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natija bilan taqqoslaganda 20%ga ko‘p va korporatsiya faoliyati uchun rekorddir. 14,1 mlrd dollarlik sof foyda ham rekordga aylandi (har bir aksiya uchun $2,91). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxati e'lon qilingandi. Apple kompaniyasi ushbu ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
17:55 / 23.04.2025