Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari yadroviy halokat yuz berganida o‘zaro harakatlanish borasida hujjat imzoladi
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qatnashchilar qator muhim kelishuvlarni, xususan, yadroviy halokat holatlarida tayyorgarlikni ta'minlash, kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish kabi hujjatlarni imzoladi, deb yozadi nur.kz.
Qatnashchi davlatlar davra stolida uchta hujjat bo‘yicha bahsli masalalarni aniqlab olishdi, qolgan hujjatlar qo‘shimcha muhokamalarsiz imzolandi.
Birinchi hujjat yadroviy halokat yoki radiatsiyaning halokatli darajasi holatida MDH davlatlarining tayyorgarligini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bo‘lib, bunday holatlarda ular halokat oqibatlarini birgalikda bartaraf etadi.
MDH davlatlari shuningdek, kosmosdan faqat tinch maqsadlarda foydalanishga kelishib olishdi.
AvvalroqTojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi mamlakatlari 15ta hujjatni imzolaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
15:07 / 11.02.2025
NHH ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi
16:02 / 08.01.2025