Light | 10:00 / 04.11.2018
55264
1 daqiqa o‘qiladi

Qarishni sekinlashtiruvchi mahsulotlar ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

Erlangen-Nyurnberg (Germaniya) universiteti olimlari shokolad, choy, qahva va vino tarkibiga kiruvchi gidroxinonlar rux moddasi bilan birga oksidlanish jarayoni oldini olib, qarish jarayonini sekinlashtirishini aniqlashdi. 

Olimlar rux gidroxinon guruhini faollashtirib, superoksid – inson hujayrasi nafas olishining ikkilamchi mahsuloti – superoksiddan tabiiy himoya hosil qiladi. Superoksid tana biomolekulalari, misol uchun, proteinlar yoki lipidlarga zarar yetkazadi.

Faqat gidroxinon superoksidni parchalay oladi. Biroq rux va gidroxinon birlashsagina, superoksiddismutaza fermentini imitatsiya qiladigan majmua hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmni oksidlanish oqibatida zavol topishdan himoya qiladi va antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Shu tariqa, superoksid metabolizlanib, organizmning shikastlanishi, ya'ni oksidlanish stressi oldini oladi.

Mavzuga oid