Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Erdo‘g‘anga Donbassga turk harbiylarini jo‘natishni taklif qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Istanbuldagi uchrashuvda unga turk harbiy kontingentini Donbassdagi tinchlikparvar missiya tarkibiga kiritish taklifini bildirdi.
“Men janob prezidentga muloqotimizni faollashtirishni, jumladan BMT Xavfsizlik kengashi mandaati bo‘yicha tinchlikparvar qo‘shinlarni joylashtirish borasidagi qarorni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildim. Biz Turkiyaga ishonamiz va Turkiya Donbassda o‘z tinchlikparvar missiyasini joylashtirish orqali tinchlik o‘rnatishda ishtirok etsa, xursand bo‘lardik”, deb aytgan Poroshenko.
Bundan tashqari, Poroshenko Erdo‘g‘an bilan Rossiyadagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olgan. “Biz Turkiya va shaxsan janob prezidentning siyosiy mahbuslarni ozod qilishdagi yordamini yuqori baholaymiz. Qrim va Rossiyada noqonuniy ushlab turilganlar bo‘yicha kelishib oldik, siyosiy mahbuslarni ozod etish jarayonini davom ettirishdagi hamkorlikni davom ettiramiz”, deb aytgan Ukraina prezidenti.
Erdo‘g‘an qo‘shma brifingda turk qo‘shinlarining Donbassga jo‘natilishi mumkinligini eslab o‘tmagan. Shu bilan birga u Turkiya Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinishini tan olmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Shuningdek, Turkiya prezidenti brifingda 10-11 noyabrda Birinchi jahon urushi yakunlanganining yuz yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tadigan Parijda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni mo‘ljallayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
19:47 / 06.01.2025