Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixda ilk bor inson Britaniya atrofini suzib aylanib chiqdi
Britaniyalik Ross Ejli Buyuk Britaniya oroli atrofida suzib chiqqan tarixdagi ilk odam sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
33 yoshli Ejli o‘z sayohatiga 1 iyunda Margit shahridan jo‘nab, soat strelkasi bo‘yicha suzgancha ulkan orolni aylanib chiqa boshlagan. Yo‘lda unga dengizchi Mettyu Nayt katamaranda hamrohlik qilgan. Ross ushbu katamaranda uxlab, dam olgan. Ejli suvda kuniga 12 soatlab bo‘lgan va biror marta sohilga chiqmagan. U Shimoliy dengiz, La-Mansh, Irland dengizi va Atlantika okeani bir qismini suzib o‘tib, 157 kun ichida 3317 km uzunlikdagi masofani ortda qoldirgan hamda 5 oy avval jo‘nagan joyida sayohatini yakunlagan.
Ejlining aytishicha, u yo‘lida hayratlanarli darajada chiroyli tong otishlar va quyosh botishlaridan tortib meduzalarga tegib ketishdan yuz kuyishi jarohati olishgacha bo‘lgan turli taassurotlarni boshdan kechirgan. Ross rekord suzishi davomida 500 mingdan ko‘proq kaloriya yo‘qotgan va yo‘qotilgan energiya zaxirasini tiklash uchun 640 donadan ko‘proq banan yegan.
Bu Ejlining birinchi marta rekordlar kitobiga kiritilishi emas. U birinchi bor rekordlar kitobiga 2016 yil fevralida 19,5 soat ichida 42 kmlik marafon masofani suzib o‘tganda kiritilgan. E'tiborlisi, u suzish vaqtida o‘z ortidan trosda 1,4 tonnalik avtomashinani orqalab yurgan. 2 oy o‘tib esa Ejli ikkinchi rekordini qayd qilgan: u kanatga sanoqsiz marta chiqib-tushib, umumiy hisobda o‘z tanasini Everest tog‘i (8848 m) balandligiga teng balandlikka ko‘tara olgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025