Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Aminov Shohrux Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.
Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bundan avvalroq Navoiy viloyatining sobiq prokurori Xidir Samatovich Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:40 / 15.11.2024
Navoiyda salkam 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024