Video: Ilon Mask Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnelda juda tez harakatlanib ko‘rdi
Tadbirkor Ilon Mask Twitter sahifasidda Los-Anjyeles shahri ostidan o‘tuvchi tunnelda olingan videoni joylashtirdi. Mazkur tunnel shahar yer usti transporti va metrosiga muqobil tarzda taklif etilmoqda.
“Bugun kechqurun Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi Boring Co (tunnelni qurish uchun Mask asos solgan kompaniya) tunnelini bosib o‘tdim. Vahimali uzoq”, - deb yozgan Mask sahifasiga joylagan videoga izoh sifatida. Avvalroq, tadbirkor tunnel 10 dekabrda foydalanishga topshirilishi haqida ma'lum qilgan.
— Elon Musk (@elonmusk) November 3, 2018
Ilon Mask 2016 yil dekabrida The Boring Company tashkil etilishi haqida e'lon qilgan edi. 2017 yil yanvarida kompaniya burg‘ilovchi uskuna olib, yer osti tarmog‘ini tashkil etish loyihasi doirasida Los-Anjyeles ostida tunnel kovlay boshladi. U kelgusida shaharni to‘liq qamrab olishi kerak. Shu yilning iyunida 4,3 kmdan ortiqroq yo‘l qurilishini tugatdi. Tunneldan foydalanish boshlanganidan keyin, imtiyoz yo‘lovchilarga va velosipedchilarga beriladi. Imtiyozli davr tugaganidan keyin, undan foydalanish narxi avtobus chipta pulidan arzon bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:33 / 24.11.2024
Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024