Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘zi ishlab chiqargan ikkita havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazdi
Eron AQSh yangi sanksiyalar kiritishi ortida “Viloyat 97” harbiy mashg‘ulotlari davomida “Xo‘rdod-3” havo hujumiga qarshi tizimi va “Talash” zenit-raketa majmuasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokoinot kuchlariga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “Xo‘rdod-3” tizimidan “Sayyod” raketasi otilgan. Raketa nishonga muvaffaqiyatli tekkan. Shuningdek, “Talash” majmuasidan ham 3 ta “Sayyod” raketasi otilgan va bexato nishonga tekkan.
IRNA axborot agentligining qo‘shimcha qilishicha, “Tabas” majmuasidan raketa otilgan. Mashg‘ulotlar davomida “Shalamcha” raketasi ham sinovdan o‘tkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, harbiy mashg‘ulotlar 5 noyabrda Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Habibulloh Sayyoriy boshchiligida boshlangan. Ularda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari, maxsus harbiy-havo kuchlari va boshqa qo‘shinlar ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar 2 kun davom etadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025