Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ipak Yo‘li» banki Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) bilan 15 mln AQSh dollari hajmidagi kredit bitimini imzoladi
Joriy yilning 6 noyabr kuni «Ipak Yo‘li» banki Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) bilan kichik va xususiy biznesni moliyalashtirishga qaratilgan 15 mln AQSh dollari hajmidagi qarz bitimini imzoladi.
IFCning moliyalashtirishi «Ipak Yo‘li» bankiga kichik va xususiy biznes uchun qisqa muddatli kreditlar berish hajmini oshirish imkonini beradi. Kichik va xususiy biznes «Ipak Yo‘li» bankining maqsadli mijozlar guruhi hisoblanadi, shuning uchun innovatsion mahsulotlarni joriy etish bank strategiyasining muhim qismidir. «Ipak Yo‘li» banki xalqaro moliya institutlaridan moliyalashtirishni jalb etish borasida muvaffaqiyatlarga erishdi.IFC tomonidan moliyalashtirish “Ipak Yo‘li” bankiga kichik va hususiy biznes vakillarining aylanma kapitalini moliyalashtirish uchun kredit instrumentlari turlarini ko‘paytirish imkonini beradi.
«IpakYo‘li» banki bilan munosabatlarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi va ushbu hamkorlik IFC va «IpakYo‘li» bankining O‘zbekistonda moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Bizning maqsadimiz kichik va xususiy biznesning moliyaviy ehtiyojlarini ta'minlashdir, axir ular O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta'minlash uchun imkoniyat yaratishadi», - deb ta'kidladi IFCning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Vipke Shlyomer.
Jahon banki guruhiga kiruvchi IFC o‘z faoliyatini rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirgan yirik xalqaro taraqqiyot instituti hisoblanadi. Dunyodagi 2000 dan ortiq kompaniyalar bilan ishlayotgan IFC o‘z mablag‘i, ekspertizasi va nufuzini butun dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor infrastrukturasini va tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratish yo‘lida sarflaydi. IFC 2018 moliya yilida rivojlanayotgan mamlakatlarga 23 mlrd AQSh dollari hajmidagi uzoq muddatli investitsiya yetkazib berib, xususiy sektorning umumiy farovonlikni oshirish va kambag‘allikni bartaraf etishdagi potensialini kuchaytiradi.
«Ipak Yo‘li» banki 1990 yilda tashkil etilgan bo‘lib, universal tijorat banki hisoblanadi.2018 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, bankning umumiy aktivlari 3,3 trln so‘mni tashkil etdi, bank tomonidan berilgan kreditlarning joriy qoldiqlari esa 2,4 trln so‘mga yetdi. Bank O‘zbekistonning turli shaharlarida joylashgan 15 ta filial va 53 ta ekspress-markazga ega.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:50 / 27.10.2022
"Xaridlar uchun sovrinlar": 5 AQSh dollari evaziga Apple iPhone 14 Pro yutib olish imkoniyati
13:00 / 29.09.2022
DEG va Triodos Investment Management “Ipak Yo‘li” Banki ustav kapitalidagi ulushini oshirdi
12:00 / 25.06.2021
Ipak Yo‘li Mobile'da Visa Direct orqali komissiyasiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin
16:00 / 26.02.2021