Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Orif Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.
U bu lavozimda oktabr oyi boshida Qahramon Aripov o‘rniga Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tib ketgan Sherzod Xadjizadayev o‘rnini egalladi.
Orif Bo‘tayev bungacha Markaziy bankning Kredit axborotlarining davlat reyestrini yuritish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, Markaziy bank raisining 6 nafar o‘rinbosari bor, bular Orif Bo‘tayevdan tashqari, birinchi o‘rinbosar Timur Ishmetov, shuningdek Ilhom Norqulov, Shuhrat Otaboyev, Botir Zohidov va Adham Rustamovich Islomov hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025