Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lada Vesta va Lada Granta Rossiyada oktabr oyida eng ko‘p sotilgan mashinalar bo‘ldi
Yevropa biznes assotsiatsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, Lada Vesta va Lada Granta avtomobillari Rossiyada oktabr oyidagi sotuv hajmi bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi.
Vesta sotuvi oktabrda 61%ga oshdi va 10,67 ming donani tashkil etdi, Granta esa 10,27 ming dona sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 25,1%ga ko‘pdir.
Yanvar-oktabr oylari natijalariga ko‘ra, Lada Vesta Rossiyada yangi avtomobillar sotuvi bo‘yicha 86,86 ming dona natija bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi, ikkinchi o‘rinda 82,97 ming dona sotilgan Kia Rio, uchinchi o‘rinda 80,46 ming dona sotilgan Lada Granta bormoqda.
O‘zbekistonning Ravon brendi avtomobillari esa besh oydirki, Rossiyada biror dona ham sotilmadi.
So‘nggi bor kompaniya avtomobillari may oyida sotilgandi - 508 dona. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.
Taqchillikning kamida ikkita sababi bor: Rossiya bozoridagi narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniyaning biznes modelidagi sezilarli o‘zgarishlar.
«Narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kursi o‘zgarishi hamda RFda utilizatsiya yig‘im stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending bilan kechdi va modellar yangilangan qatori ishga tushirilishi hamda Ravon brendi rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangiliklar ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘i kengayishi bilan birga davom etmoqda», - deya xabar berishgandi Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025