Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ona o‘z o‘g‘lining hushiga kelishini 12 yil kutdi va uning kutishlari zoye ketmadi
Xitoyda 12 yil komada yotgan erkak hushiga keldi. Shu uzoq yillar davomida uning tepasidan onasi jilmadi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar berdi.
Van Shubao 2006 yilda avtofalokatga uchragan. U o‘shanda 36 yoshda bo‘lgan. Erkak jarohatlar oqibatida falajlanib, komaga tushib qolgan.
Uning onasi, o‘shanda 63 yoshda bo‘lgan Vey Min'in o‘g‘lini uyga olib kelib, o‘zi parvarishlagan. Umidvor ona 12 yil ichida o‘g‘lining davolanishi uchun barcha yiqqan-terganini ishlatgan, qarzga botgan va hattoki bir marta yegulik olishga puli bo‘lmagani sababli bir oy davomida faqatgina suv bilan kun ko‘rgan.
Onaning bu urinishlari zoye ketmadi. Uning o‘g‘li uzoq yillik komadan keyin ko‘zlarini ochib, hattoki tabassum ham qila oldi. Ona o‘g‘li hali ham harakatlana va gapira olmayotganiga qaramay, umidini so‘ndirmagan.
“Men juda xursandman. Umid qilamanki, u to‘liq sog‘ayib ketadi. Ungacha men taslim bo‘lmayman”, deb aytmoqda mehribon ona.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025