Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda odamlarni qadam tashlashidan tanuvchi tizim joriy qilindi
Xitoyning Pekin va Shanxay shaharlarida odamlarni qadam tashlashidan tanuvchi tizim joriy qilindi. Bu tizimning aniqligi 94 foizgachani tashkil qilmoqda.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, algoritm videoyozuvlarni tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, 50 metrgacha uzoqlikdagi insonni taniy oladi. Tizimni ishlab chiqqanlarning aytishicha, tizimni yurishni o‘zgartirib aldashning deyarli iloji yo‘q, chunki inson harakatlarining barcha xususiyatlari hisobga olinadi.
Avval mutaxassislar qadam tashlash, inson yuzidan farqli o‘laroq, odamlarni tanishda qo‘llash uchun yetarlicha o‘ziga xosligiga shubha bilan qarashgan.
Hozirda Xitoyda 170 mln kameradan iborat tizim ishlaydi. Huquq himoyachilari bu tizim orqali fuqarolar ortidan “ommaviy kuzatuv” olib borilishi mumkinligidan xavotir bildirishgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025