Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryanair xodimlari aeroport polida uxlagan qiyofada suratga tushishgandi. Ular ishdan bo‘shatildi
2018 yilning oktabrida tvitterda Ryanair aviakompaniyasi xodimlari aeroport polida uxlayotgani tasvirlangan surat tarqalgandi. Surat muallifining so‘zlariga ko‘ra, bu tasvirni Malagada olgan, u aviakompaniya xodimlarini ekipaj a'zolari uchun xonada bu alfozda ko‘rib hayron bo‘lgandi. Noyabr oyi boshida ushbu tvit mashhur bo‘lib ketdi: foydalanuvchilar Ryanair aviakompaniyasini xodimlariga yomon munosabatda bo‘lgani uchun tanqid qilishgandi.
«Bu Ryanair 737 reysi ekipajidir, ular ikki kecha davomida shtorm tufayli Malagada qolishgan. Ular xodimlar uchun xonada uxlashgan. Kompaniya bu yilda 1,25 milliard yevro ishlab oldi, ammo ekipaj uchun mehmonxona buyurtma qila olmadimi?», deyilgandi tvitlardan birida.
The Sun nashrining aniqlashicha, 8 uchuvchi va ekipajning yana 16 a'zosi chindan ham polda uxlagan. Ular bo‘ron boshlanishi tufayli Ispaniyadan Portugaliyaga uchib keta olishmagan.
Tez orada Ryanair ushbu fotosurat qanday tayyorlangani aks etgan videoni namoyish etdi. Ekipaj a'zolari tunni stullarda o‘tirib o‘tkazishayotgan bo‘lgan, zalga yo‘lovchilar kirib kelganida esa ular o‘zlarini suratga olishlari uchun ataylabdan polga yotib olishgan. Bir necha kishi kiyimlarini yechishgan va yuzlarini to‘sishgan.
Ryanair exposes fake photo of cabin crew sleeping in crew room. Watch video here: pic.twitter.com/tzTn6EHsKH
— Ryanair (@Ryanair) 17 oktabrya 2018 g.
Ushbu foto sahnalashtirilgan holda olinganiga qaramasdan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xodimlarning yonini olib chiqishdi.
«Albatta, bu protest. Ryanair o‘z xodimlarini 12 soatlik smenada ovqatsiz va suvsiz qoldirgan. Qolaversa, bunday kadrlarni namoyish etib, ularning roziligiga qarshi ish tutilmoqda», degan ulardan biri.
7 noyabr kuni Ryanair bir necha xodimi nomunosib xatti-harakatlar uchun ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi. Bayonotda aytilishicha, «aslida ekipaj a'zolari polda uxlamagan». Bundan tashqari, kompaniya ushbu suratni «obro‘ga zarar keltiruvchi surat» deb baholadi.
«Ekipaj xodimlar xonasida biroz vaqt bo‘lgan. Keyin ular VIP-zalga o‘tkazilgan. Keyingi kuni esa Portuga uchilgan», deyiladi bayonotda.
SNPVAC kasaba-uyushmalari kompaniya bayonotidagi fikrlarga qo‘shilmagan va xodimlar ertalabki soat 6gacha xodimlar uchun xonada taomsiz va «dam olish uchun minimal sharoitlarsiz» qolishgan.
Mavzuga oid
10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
08:01 / 20.07.2022
ICAO Belarusni Ryanair samolyotidagi bomba haqidagi yolg‘on uchun qoraladi
08:53 / 06.06.2022