Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington: Eron AQSh sanksiyalarini «aylanib o‘tmoqda»
Eron hukumati Vashington tomonidan Islom respublikasiga joriy qilingan sanksiyalarni «aylanib o‘tish» uchun xalqaro dengizda suzish qoidalarini buzmoqda. Amerika hukumati rasmiy Tehron shunday qilayotganini gumon qilmoqda. Oq uy ma'muriyatining Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Huk brifing chog‘ida shu haqda ma'lum qildi. Uning chiqishi davlat departamentining Twitter sahifasida e'lon qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning neft tashiydigan tankerlari, ularning joyi va harakatlanish yo‘nalishini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmasligi uchun transponderlarini o‘chirib qo‘ymoqda.
Buning natijasida boshqa kemalar ularni «ko‘rmaydi». Bu esa, kemalar to‘qnashuvi ehtimolini kuchaytiradi, alaloqibat ekologiyaga jiddiy zararlar yetishiga olib kelishi mumkin. Transponderni o‘chirib qo‘yish xalqaro qoidalarga ziddir.
Eslatib o‘tamiz, 5 noyabrdan AQShning Eronga nisbatan yangi jazo choralari kuchga kirdi. U Tehronning oltin-valyuta zaxiralarini muzlatish, Eron portlaridan foydalanish va neftini eksport qilishni taqiqlaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025