Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng foydali baliq aniqlandi
Rossiyaning Sibir federal universiteti va Rossiyaning Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi biofizika instituti olimlari Sibirning Arktika qismida yashovchi boganid goletsi turidagi baliqda omega-3 yarimto‘yinmagan yog‘ kislotalarining rekord miqdorda borligini aniqlashdi.
Baliq va dengiz mahsulotlari inson uchun omega-3 oilasiga kiruvchi eykozapentayen va dokozageksayen yog‘ kislotalarining asosiy manbai hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun bu moddalardan har kuni kamida bir grammdan iste'mol qilishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, bu kislotalar miya faoliyatini yaxshilaydi, xotirani normallashtiradi, ta'lim olish qobiliyatini oshiradi.
Ta'kidlanishicha, ushbu baliqda omega-3 kislotalari bir grammga 33 milligrammni tashkil qilishi aniqlangan, bu esa uni salomatligi borasida qayg‘uruvchi barcha insonlar uchun foydalilik bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylantiradi.
Ta'kidlanishicha, bu baliqdan kuniga 30 gramm iste'mol qilish foydali yog‘ kislotalarining kunlik me'yorini qoplaydi.
Mavzuga oid
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
12:33 / 03.04.2025
Qoraqalpog‘istonda noqonuniy baliq ovlash natijasida 750 mln so‘m zarar yetkazildi
16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi
14:27 / 25.01.2025