O‘zbekiston | 19:57 / 09.11.2018
8396
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tili bo‘yicha o‘tgan 13-xalqaro konferensiyada O‘zbekiston fuqarosi g‘olib bo‘ldi

13-xalqaro xitoy tilini o‘qitish va tadqiq etish konferensiyasi hamda 1-xalqaro Pekin universiteti xitoy tili forumida eng innovatsion maqola egasi sifatida o‘zbekistonlik  Jasur Yakubov tan olindi. Sinologlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyaga bu safar Pekin universiteti mezbonlik qilgandi.

Konferentsiyada Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti hamda Pekin chet tillari universiteti doktoranti Jasur Yakubovning «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atidagi morfoleksema va so‘zlar tasnifi hamda ularning grammatik belgilari» deb nomlangan maqolasi qatnashdi va g‘olib bo‘ldi.

G‘olibga sertifikat va katta miqdordagi pul mukofoti topshirildi.

Ma'lumot o‘rnida: Jasur Yakubov, hozirda, Pekin chet tillari universiteti professori Chen Guoxuaning rahbarligi ostida «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atining tadqiqi va tuzilishi» mavzusida izlanish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid