Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yana bir tuman hokimi o‘zgardi
Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Ma’lumotlarga ko‘ra, navbatdan tashqari sessiyada Prezident administratsiyasi vakillari, viloyati hokimi v.b. Bahodir Po‘latov, viloyat va tuman davlat idoralari xodimlari ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, majlis qatnashchilari tashkiliy masalani muhokama qilishgan. Tuman hokimi Ibatov Baxtiyor boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimini tark etgan. Tumanga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari Usmon Turobov rahbarlik qiladigan bo‘ldi.


Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni ham bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Surxondaryoga tashrif buyurgan hamda videoselektor yig‘ilishida tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqishgan edi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov hamda viloyat prokurori O‘ktam Saidov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan edi.
Surxondaryo viloyat prokurori, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi sobiq rahbari Rahmatulla G‘afforov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025