Sport | 00:53 / 11.11.2018
7847
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» Dortmund «Bavariya»ni mag‘lub etib, oradagi farqni 7 ochkoga yetkazdi

Foto: Twitter/Blackellow

Germaniya chempionati 11-turining markaziy o‘yinida "Borussiya Dortmund" o‘z uyida "Bavariya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mehmonlar safidagi ikki golga ham Levandovski mualliflik qildi. Maydon egalari tarkibida Roys dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Pako Alkaser tomonidan kiritildi. 

11-turdan so‘ng "Borussiya Dortmund" 27 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarib turgan bo‘lsa, "Bavariya" esa 20 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani band qilib turibdi. 

Borussiya D – Bavariya 3:2

Gollar: 0:1 – 26 Levandovski, 1:1 – 49, penalti Roys, 1:2 – 52 Levandovski, 2:2 – 67 Roys, 3:2 – 73 Pako Alkaser.
Borussiya D – Xitts, Akandji, Xakimi, Pishchek, Zagadu, Gettse (Pako Alkaser, 59), Sancho, Roys, Vittsel, Bruun Larsen (Dileyni, 82), Vaygl (Daud, 46).
Bavariya – Noyyer, Xummels (Zyule, 65), Alaba, Kimmix, Boateng, Gnabri (Sanshesh, 74), Martines, Gorettska, Riberi, Levandovski, Myuller (Vagner, 82).
Ogohlantirishlar: Vaygl (29), Akandji (36), Riberi (55), Zyule (87), Xitts (90), Vagner (90).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid