Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-Pri. Bugun o‘zbekistonlik ikki sportchi tatamiga chiqadi
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.
Bugun, 11 noyabr kuni musobaqaning oxirgi kunida erkaklar o‘rtasida -90 kg, -100 kg, +100kg, ayollar o‘rtasida esa -78 kg va +78 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazildi.
+100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboyev turnir davomida Ukraina, Tojikiston, Rossiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va final yullanmasini qo‘lga kiritdi. Final jangi bugun soat 17:00da boshlanadi. Oltiboyev rossiyalik Soslan Bostanovga qarshi tatamiga chiqadi. Terma jamoaning yana bir vakili Ixtiyor Xolmuratov esa bronza medali uchun qozog‘istonlik Yerassil Kajibayev bilan bellashadi.







Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hikmatullo To‘rayev germaniyalik raqibni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston jamoasi 1ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medal olgan holda, umumiy reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024
Parij-2024, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy dasturni medalsiz yakunladi
20:52 / 02.08.2024