Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaliklar Mustafo Kamol Otaturkni xotirlashdi - fotolar
Turkiyaliklar Anqaradagi «Anitbaqir» maqbarasida Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk xotirasini yodga olishdi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar bermoqda.
Otaturk vafot etgan kunga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy tadbirdan so‘ng maqbara yarim tungacha tashrifchilar uchun ochib qo‘yildi.
Havo sovuqligiga qaramasdan ko‘plab turkiyaliklar Turkiya bayrog‘i va Otaturk portretlari hamda gullar bilan bilan Turkiya Respublikasi asoschisining xotirasini yodga olish uchun kelishdi.
Odamlar Otaturk maqbarasi va Mustaqillik uchun kurash muzeyi oldida ulkan navbat hosil qilishdi.
«Anitbaqir» maqbarasi tashrifchilariga Mustafo Kamol Otaturkning yozib olingan ovozlari qo‘yib berildi.
Foto: Anado‘li
1938 yilning 10 noyabrida Turkiya Respublikasi asoschisi vafot etgandi. O‘shandan buyon har yili 10 noyabr kuni soat 09:05da (u vafoti etgan daqiqa) bir daqiqalik sukut e'lon qilinadi.
Milliy inqilobchilar harakatiga boshchilik qilib, Turkiya mustaqilligi uchun urush olib borgan Otaturk yangi davlat tuzgan hamda bir qator siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
12:04 / 07.02.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin
01:02 / 24.10.2024