Formula-1: Hemiltonning navbatdagi g‘alabasi va poygachilar o‘rtasida chiqqan mojaro
“Formula-1” avtopoygasining Braziliya Gran-prisida avvalgi bosqichda o‘ziga chempionlikni ta'minlab qo‘ygan “Mercedes” jamoasi poygachisi Lyuis Hemilton navbatdagi marta g‘olib bo‘ldi. U shu g‘alabasi evaziga o‘z jamoasiga qatorasiga beshinchi yil konstruktorlar kubogini keltirdi.
Marraga ikkinchi bo‘lib Maks Ferstappen, uchinchi bo‘lib Kimi Raykkonen yetib keldi.
Poyganing aksariyat qismida yetakchilik qilgan Ferstappen davralardan birida Force India a'zosi Esteban Okon bilan to‘qnashib ketdi. Natijada Ferstappen trassadan chiqib ketib, yetakchilikni boy bergan va marraga ikkinchi bo‘lib kelgan. Gollandiyalik poygachi g‘alaba uchun kurash olib borayotgan bir paytda undan bir davra ortda qolayotgan Okon undan o‘zib ketmoqchi bo‘lib, hujum qilganidan achchiq bildirgan. Radiomuloqot vaqtida Ferstappen Okonni ushbu ishi uchun “ahmoq” deb atagan.
Okon voqeada aybdor deb topilib, 10 soniyalik jarima bilan jazolangan, biroq bu Ferstappenga taskin bermagan. U poygadan keyin fransuzning yoniga kelib, unga o‘z e'tirozlarini bildirgan va bir necha bor yelkasidan itargan. Gollandiyalik ushbu qilmishi uchun ikki kunlik jamoat ishlari bilan jazolangan.
@Max33Verstappen vs @OconEsteban fight !!! #F1xFox #BrazilGP #BrazilianGP #F1 pic.twitter.com/WBkjxc77Iw
— Santiago Alcubierre (@f1_santy) November 11, 2018
Lap 44, Max is leading the race, then this... #BrazilGP 🇧🇷 #F1 (Sound 🔊) pic.twitter.com/FhMgkehVtG
— Formula 1 (@F1) November 11, 2018
Poyganing so‘nggi 21-bosqichi Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
15:10 / 21.09.2024
Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘i deyarli 1 mln dollar jarimaga tortildi
13:10 / 21.09.2024
X ijtimoiy tarmog‘i Braziliyadagi yuridik vakilini tayinladi
20:51 / 14.09.2024