Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqadorligi haqida ma'lumotga ega emasligini bildirdi
Kreml GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqadorligi haqida ma'lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
U barcha kerakli ma'lumotlar ekspertlar yoki Rossiya mudofaa vazirligida bo‘lishini qayd etdi.
«Hamma narsada Rossiyani ayblash tendensiyasi borligini bilasizlar. Odatda, bunday ayblovlar asosga ega bo‘lmaydi», — deb qo‘shib qo‘ydi Peskov.
Avvalroq finlyandiyalik harbiylar NATOning Trident Juncture mashg‘ulotlari vaqtida mamlakatning qutborti hududida GPS tizimi faoliyatida nosozliklar yuz berganini qayd etishgandi. Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya mazkur navigatsiya tizimi nosozliklari ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:51 / 15.01.2025
Finlandiya aeroportlari GPS faoliyatidagi uzilishlar tufayli muqobil tizimdan foydalanishga o‘tmoqda
22:21 / 17.12.2024
SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
12:22 / 11.11.2024
«O‘zbekiston» metro bekatida harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
10:30 / 05.10.2024