Yo‘lbarsning sayyohlarni ta'qib qilishi videoga olindi

Foto: Daily Mail
Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Tadoba milliy bog‘ida yo‘lbars sayyohlar guruhini ta'qib qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Safari ishtirokchilari ichida bo‘lgan ochiq avtomobil o‘rmondagi yo‘ldan yurib ketayotganida, uning ortidan yosh yo‘lbars chopishga tushgan. Garchi mashina bir nechta o‘tkir burilishni amalga oshirgan bo‘lsa-da, yo‘lbars tezlikni pasaytirmasdan, ta'qib etishda davom etdi. Turistlar qo‘rqqan holda o‘zaro suhbatlashishgan, kimdir bunday ta'qibni asabiy kulgi bilan tomosha qilgan, safari ishtirokchilaridan biri esa hayvonni mobil telefonga tasvirga olgan. Videoning oxirida avtomobil tezlikni oshiradi va yo‘lbarsdan ancha olislab ketadi.

Bog‘ vakillarining ma'lum qilishicha, odamlarga hech narsa tahdid solmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, turistlar ortidan shunchaki o‘ynashni xohlagan yosh yo‘lbars yugurgan. Bundan uning sakramagani ham dalolat beradi.
Tadoba milliy bog‘i Tadoba-Andxaridagi yo‘lbarslar qo‘riqxonasi hududida joylashgan. 2016 yilda qo‘riqxonada 88ta yo‘lbars bor edi, uning atrofida yana 58ta hayvon yashagan. Shuningdek, u yerda qoplonlar, ayiqlar, bo‘rilar, sirtlonlar, qamish mushuklari va boshqa hayvonlar bor.
Mavzuga oid

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025