Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya jamg‘armasi bo‘sh mablag‘larini banklar depozitlariga joylashtirishdan olingan daromad qanday taqsimlanadi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni depozitlarga joylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni depozitlarga joylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom 18-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:
"18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
sakson foizi – olingan daromad summasiga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti va Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlariga;
yigirma foizi - O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalariga.
Bunda vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishdan O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga olingan daromadlardan foydalanish hamda daromadlarni Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish faqat O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi".
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
16:36 / 20.05.2025
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi
16:33 / 10.01.2025
Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi
11:19 / 04.10.2023
MB AVO bank’ga kreditlash va depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi
20:30 / 11.08.2023