Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyatining rahbari Melanya Tramp bilan yuz bergan mojaro tufayli ishidan ayrilishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy apparati rahbari Jon Kellini iste'foga chiqarish niyatida, deya xabar qilmoqda NBC.
Aniqlik kiritilishicha, Kellida ham prezidentning o‘zi, ham bir qator amaldorlar bilan o‘zaro munosabatlar keskinlashgan. Bundan tashqari, birinchi xonim Melanya Tramp ham Kellini ishdan bo‘shatish talabini qo‘ygani aytilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Melanya bir necha bor Jon Kellidan o‘zining bir necha yordamchilarini ma'muriyatdagi lavozimlarga tayinlash haqida so‘ragan, biroq u tegishli so‘rovlarga oylab javob qaytarmagan.
Bu haqda bilgach, Tramp darg‘azab bo‘lgan va Kellidan Melanyaning odamlari uchun joy topib berishni talab qilgan, sababi birinchi xonim Oq uy apparatida juda kam xodimlarga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Makron o‘rtasidagi do‘stlik tugagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat
15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024