Jahon | 20:23 / 14.11.2018
10081
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya 83 ta davlatdan Gulen tarafdorlarining topshirilishini talab qildi

Turkiya 83 ta davlatdan Fathulla Gulen boshchilik qiluvchi FETO harakatining 452 a'zosi topshirilishini talab qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qilgan. 

“FETO’ning xorijiy bo‘limlari boshliqlari bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida 452 kishining topshirilishiga  so‘rov tayyorlandi. Bu so‘rovlar ular aniqlangan 83 davlatga jo‘natildi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.

Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblab keladi. Anqara Vashingtondan AQShda yashovchi va Turkiyada sirtdan hibsga olingan Gulenning topshirilishini talab qilib keladi. Gulenning o‘zi esa to‘ntaruvga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta'kidlab keladi. 

Mavzuga oid