AQSh Qoshiqchi ishi bo‘yicha 17 saudiyalikka qarshi sanksiyalar joriy qildi
AQSh jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador 17 saudiyalikka qarshi sanksiyalar kiritdi.
Sanktsiyalar Magnitskiy global akti doirasida kiritilgan. AQSh hukumati bu aktni inson huquqlarining buzilishida aybdor deb hisoblanuvchilarga qarshi qo‘llaydi.
Sanktsiyalar ro‘yxatiga tushganlar orasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining sobiq yordamchisi Saud al-Qahtoniy va Turkiyadagi bosh konsul Muhammad al-Utayba bor.
“Bugun biz sanksiyalar kiritgan saudiyalik amaldorlar Jamol Qoshiqchining vahshiy o‘ldirilishiga aloqador bo‘lganlar. AQShda yashagan va ishlagan jurnalistni vahshiyona o‘ldirgan bu odamlar o‘z qilmishlarining jiddiy oqibatlarini his qilishlari kerak”, deb aytgan AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.
U AQSh hukumati bu jinoyatning barcha tafsilotlarini o‘rnatish va bunga aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarni astoydil davom ettirishini aytgan. “Qoshiqchining qallig‘i, farzandlari va oilasi ko‘zi o‘ngida adolat qaror topishi uchun”, deb qo‘shimcha qilgan Mnuchin.
Moliya vaziri Ar-Riyodni siyosiy dissidentlar va jurnalistlarni har qanday ta'qib qilishni to‘xtatish bo‘yicha qadamlar qabul qilishga chaqirgan.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning bayonotida aytilishicha, AQSh ushbu jinoyatga aloqador barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun boshqa davlatlar bilan ishlaydi.
“Bugungi harakatlarimiz Qoshiqchining o‘ldirilishiga munosabat bildirishdagi muhim qadamdir. Davlat departamenti jinoyat bilan bog‘liq barcha dalillarni o‘rganishni, bu masala bo‘yicha kongress bilan maslahatlashishni, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun boshqa davlatlar bilan ishlashni davom ettiradi”, deb aytgan Pompeo.
Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasining 15 noyabrda tarqatgan bayonotiga ko‘ra, Qoshiqchining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 21 kishi qo‘lga olingan. Qirollik prokuraturasi qotillikning 5 nafar bevosita ishtirokchisiga o‘lim jazosini talab qilgan, qolganlar esa shariat qoidalari bo‘yicha jazolanadi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024