Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 2019 yilda dunyodagi eng uzun ikki qavatli ko‘prik qurilishi yakunlanadi
Xitoy 2019 yilning oktabrigacha eng uzun ikki qavatli osma ko‘prik qurilishini yakunlamoqchi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar qilgan.
Gap Uxan shahrida qurilayotgan va Yantszi daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik haqida bormoqda.
“Ko‘prik har biri 6 polosali ikki qavatdan iborat bo‘ladi”, deb ma'lum qilingan xabarda. Ta'kidlanishicha, bunday konstruksiya qatnovni yengillashtirib, transport tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi.
Ma'lum qilinishicha, ko‘prik prolyotining uzunligi 1,7 kmni tashkil qiladi. Bugungi kungacha bunday konstruksiyadagi ko‘priklar orasida rekordchi Nyu-York shahrining Bruklin va Staten-Aylend tumanlarini bog‘lovchi Verratsano-Narrous ko‘prigi hisoblanadi. Uning markaziy prolyoti uzunligi 1 km 298 metrni tashkil qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Uxanda quriladigan ko‘prik uzunligi 36 metr, eni 32,5 metr, balandligi 10 metr va og‘irligi bir tonna keladigan 49 ta po‘lat blokdan tashkil topadi. Ma'lum qilinishicha, ko‘prikning ilk bloki 15 noyabrda o‘rnatildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025