Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sobiq SSSR hududida iste'mol narxlari o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston va Ukraina sobiq SSSR hududida iste'mol narxlari o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Tojikiston hamda Belarus. Bu haqda Belarus ommaviy axborot vositalari statistik ma'lumotlar tahliliga asosan xabar bermoqda.
2018 yil yanvar-oktabr oylarida sobiq SSSR hududida iste'mol narxlari o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston (9,5%), Ukraina (7,4%) va Tojikiston (4,5%) «yetakchiga» aylandi. BelaPAN tomonidan o‘tkazilgan milliy statistika organlari ma'lumoti tahliliga ko‘ra, 10 oy yakunlari bo‘yicha Belarusda narxlar 4,2%ga oshdi.
Pastroq inflyatsiya darajasi Estoniya (4,1%), Qozog‘iston (3,7%), Latviya (3,1%), Rossiya (2,9%), Litva (2,7%), Gruziya (0,4%) va Ozarboyjonda (0,2%) kuzatildi.
Armanistonda narxlar 0,7 foizga, Qirg‘izistonda 0,9 foizga pasaygan. Turkmaniston bo‘yicha faqat yilning birinchi yarmi bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilindi (narxlarning o‘sishi 8,9%), Moldovada hech qanday o‘zgarish yo‘q.
Oktyabr oyida Belarusda narxlar 0,5%ga ko‘tarildi. Xuddi shu ko‘rsatkich Estoniyada ham qayd etilgan. Bu Ukraina (1,7%), O‘zbekiston (1,3%), Latviya, Tojikiston (0,7%dan) va Litvadan (0,6%) keyin oltinchi o‘rin. Keyingi pog‘onalarda: Qozog‘iston, Moldova, Rossiya (0,4%dan), Gruziya, Qirg‘iziston (0,3%dan), Ozarboyjon (0,2%) va Armaniston (0,1%).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi bozorlarda asosiy mahsulotlarning o‘rtacha narxi haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025