O‘zbekistonda tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza muddati qisqartirildi

Foto: Pixabay
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda vazirlik telegram-kanali.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi yetkazilgan eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarga kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi.
Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.
Mavzuga oid

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi

09:31 / 11.11.2024
O‘zbekistonning TDTga a’zo davlatlar bilan o‘zaro tovar aylanmasi hajmi aytildi

13:37 / 06.09.2024