Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask kompaniyasi Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi ilk tunneli qurilishini yakunladi
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi ilk tunnelini qurib bitkazdi. 3,2 kmlik tunnelni qazishga deyarli 2 yil vaqt ketgan. Tunnel o‘tkazilishi yakunlangani haqida Maskning o‘zi tvitterda ma'lum qilgan.
Boring Company just broke through the other side!! https://t.co/4yxQgpPVfZ
— Elon Musk (@elonmusk) November 17, 2018
Tunnel dastlab avtomobillar uchun mo‘ljallangan, biroq Mask o‘z g‘oyasini piyodalar, jamoat transporti va velosipedchilar foydasiga o‘zgartirgan. Uning aytishicha, tunnel 10 dekabrda ochiladi: birinchi kun u bepul bo‘ladi, biroq keyingi kundan unga kirish bir dollar turadi.
Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnelda avtomobillar yuklangan platformalar harakatlanadi, biroq sekin-asta unda Mask aytgan kapsulalar ham qo‘llana boshlanadi.
Kompaniyada, shuningdek, Vashington va Baltimor shaharlari o‘rtasida 16,5 km tunnel qazishga ruxsat bor. Bundan tashqari, Chikagoda ham tunnel o‘tkazilmoqchi.
Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnel 2017 yil yanvarda qurila boshlangan. O‘shanda Mask “nima qilayotganini o‘z bilmasligini” aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
10:00 / 12.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
23:10 / 10.04.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
18:27 / 14.02.2025