Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbega Oliy Majlis Qonunchilik palatasi delegatsiyasi safar uyushtiradi
19 noyabr kechki payt Dushanbega O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament deputatlari delegatsiyasi boradi.
O‘zbekiston delegatsiyasini Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuxurov Dushanbe aeroportida kutib oladi.
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi mustaqillik yillari davomida ilk bor Tojikistonga safar uyushtirmoqda. Delegatsiyaning tashrifi 22 noyabrgacha davom etadi.
20 noyabrda O‘zbekiston vakillari Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan, bundan avval esa Tojikiston parlamentining ikki palatasi spikerlari – Mahmadsaid Ubaydulloyev va Shukurjon Zuxurov bilan uchrashadilar.
21 noyabrda mehmonlar “TALKO kabel” zavodi ishi bilan tanishadilar va Nurek GESiga tashrif buyuradilar. O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikiston Milliy kutubxonasi va “Kohi Navro‘z” majmuasiga ham boradi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025