Jahon | 20:54 / 19.11.2018
8562
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya «Turk oqimi» gaz magistralining dengizdan o‘tgan qismi qurilishini yakunladi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Vladimir Putin ishtirokida «Turk oqimi» gaz quvurining dengizdan o‘tgan birinchi tarmog‘i tantanali ravishda ochildi, deb xabar berdi RBK.

«Gazprom» yangi gaz magistralining suv ostidan o‘tgan qismi qurilishini yakunlamoqda. Gaz qazib olish va uni yetkazib berish oddiy ish emas, u shunchaki yerni o‘yib gaz qazib olish emas, u yuqori texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq, dunyodagi eng ekologik va talab katta bo‘lgan dastlabki energiya ko‘rinishidir», — dedi Putin. U shuningdek, Turkiya Yevropaning jiddiy gaz xabiga aylanayotganini, bu uning geosiyosiy holatida aks etishini qo‘shib qo‘ydi. 

«Loyiha geosiyosiy jihatdan tarixiy ahamiyatga ega», — dedi Erdo‘g‘an. U gaz quvuri 2019 yilda foydalanishga tayyor bo‘lishiga umid bildirdi. Magistral dengiz qismidan tashqari, Turkiya hududida ham qurilishi lozim. 

Qora dengiz orqali Anapadan Turkiyagacha o‘tadigan «Turk oqimi» har biri yiliga 15,75 mlrd kub metr gaz o‘tkazadigan ikkita tarmoqdan iborat bo‘ladi. «Gazprom» shuningdek, Turkiyaning Gretsiya bilan chegarasida gaz xabi qurishni ham rejalashtirgan. Kompaniya 2018 yil iyunda gaz quvuri qurilishini 7 mlrd dollarga baholagandi.

«Turk oqimi»ning birinchi tarmog‘i Turkiya bozorini, ikkinchi tarmog‘i Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropani gaz bilan ta'minlashi mo‘ljallangan. 

«Turk oqimi» 2014 yil dekabrda «Gazprom» Bolgariya chiqib ketgani sababli qurishdan voz kechgan «Janubiy oqim» o‘rniga qurilmoqda. 

«Turk oqimi» qurilishiga AQSh va Ukraina qarshi chiqmoqda. U AQSh uchun Yevropaga siqilgan tabiiy gazni sotishda raqobatchi bo‘lsa, Ukraina uchun uning hududidan o‘tadigan gaz tranziti miqdori kamayishiga va mos ravishda daromadlarning pasayishiga olib keladi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid