Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bog‘cha mudirasi davlat manfaatlariga yetkazgan 426 mln so‘mlik zararni qoplab berdi
Shayxontohur tuman 197-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida sodir etilayotgan qonun buzilish holatlari yuzasidan 2018 yil 20 sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, tekshiruv natijasiga ko‘ra, 197-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga nisbatan 2018 yil 22 sentabrda Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta'lim vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat xodimlari tomonidan 197-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tekshirish o‘tkazilgan bo‘lib, to‘plangan tekshirish hujjatlari jinoyat ishi materiallariga qo‘shilgan.
Qayd etilishicha, tergov jarayonida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning jami miqdori - 426 mln 875,5 ming so‘m mablag‘lar 2018 yil 14 noyabr kuni muassasa sobiq mudirasi N.M. tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq qoplangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
17:21 / 30.04.2025