Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Apple iPhone ishlab chiqarilishini qisqartirmoqda

Apple korporatsiyasi sentabr oyida ommaga taqdim etgan iPhone'ning har uchala modeliga buyurtmalar qabul qilishni kamaytirdi. Bu haqda WSJ o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, yangi mahsulotga bo‘lgan kutilganidan ham past talab va korporatsiyaning yangi modellarni ishlab chiqarish haqida bosh qotirishi kompaniyaning kelgusi rejalarini prognozlashtirishga ta'sir qilmoqda.
Oktyabr hisobotiga ko‘ra, iPhone XR ishlab chiqarilishi qisqartirilgan, bundan tashqari kompaniya kelgusida ham qisqarish davom etishini ma'lum qilgan.
1976 yilda asos solingan Apple korporatsiyasi yuqori texnologiyali iPhone uyali aloqa vositalari, iPad planshetlari, MacBook noutbuklari va iMac desktoplari bilan mashhur. Kupertinoda joylashgan shtab-kvartirada ish olib boruvchi korporatsiyaning moliyaviy kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshadi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025