Jamiyat | 14:30 / 20.11.2018
27941
2 daqiqa o‘qiladi

83 yoshli mehnat faxriysi Milliy universitet talabalari uchun o‘z nomidagi stipendiyani ta'sis etdi

Foto: Facebook

Kitoblik mehnat faxriysi 83 yoshli Muxtor Shapsanov O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakulteti talabalari uchun Muxtor Shapsanov nomidagi stipendiyani ta'sis etdi. Bu haqda ijodkor Lola O‘roqova Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, stipendiya fakultet kengashi qaroriga asosan 2- va 3-bosqichlarda o‘qiydigan 2 nafar a'lochi talabaga beriladi.

Bildirilishicha, Muxtor Shapsanov 30 oktabr kuni Toshkentga kelib, ikki talabaga birinchi stipendiyani topshirish marosimida qatnashgan.

Muxtor Shapsanov 1969 yilda sobiq ittifoqning Hindistondagi elchixonasiga ishga yuborilgan. Bir necha marta mamlakat rahbarlari bilan Indira Gandi o‘rtasida tarjimonlik qilgan. Xizmat yuzasidan bir muddat Pokistonda yashagan, Malayziya, Yaponiya, Qatar, Polsha, Shri Lanka, Germaniya, BAA mamlakatlarida bo‘lgan. Keyinchalik, ko‘p yillar ToshDU (hozirgi O‘zMU)da o‘qituvchilik qilgan. U tarix fanlari nomzodi, dotsent. Ayni paytda Kitob tumanida yashaydi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid