Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryodan 50 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 2018 yilning 9 noyabr kuni sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan qo‘shimcha 50 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda 2018/2019 o‘quv yilida respublika tibbiyot oliy ta'lim muassasalariga “5510100-Davolash ishi”, “555510200-Pediatriya ishi” ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirib, kirish test sinovlarida ishtirok etib belgilangan kvota asosida o‘qishga kira olmagan va kirish test sinovlarida maksimal ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan natijaga erishgan Qashqadaryo viloyatida doimiy yashovchi (qabul vaqtidagi yashash joyi asosida) abituriyentlar tarkibidan ballar ketma ketligini qat'iy hisobga olgan holda jami 50 nafar abituriyent, 25 nafar davlat granti va 25 nafar to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
Ushbu abituriyentlar bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tugatishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari yetishmayotgan tumanlarda besh yillik ishlab berish sharti bilan talabalikka qabul qilinadi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025