Jamiyat | 16:19 / 22.11.2018
5783
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Dizayn Titanlari EKOPEN tomonidan Titaniumga murojaat qilishadi

“Dizaynning natijasiga uchta javob bor – ha, yo‘q va VO AJAB! «Vo ajab» – shu natijaga intilish kerak. “New York Magazine”jurnalining asoschisi Amerikalik grafik dizayner Milton Glezer gapi bo‘yicha odamzod intilgani – bu estetik go‘zallik va hayotning har bir aspektining funksionalligi bo‘ladi. Dizayn uchun yechim yaratib beruvchi kompaniyalar, har kuni bizning realligimizni, ergonomik yechim yaratish orqali o‘zgartiradi. Ular orasida PVX profil tizimlarini ishlab chiqaradigan, EKOPEN kompaniyasi bor. 10 yil davomida korxona, deraza kompaniyalariga PVX zamonaviy derazalarni yig‘ib chiqarishi uchun, EKOPEN eshik va derazalar profilining tizimini, furnitura, steklopaketlar uchun komplektatsiyalar, o‘rnatish uchun materiallar, texnologik uskunalarning to‘liq spektrini yetkazib beradi.

Foto: EKOPEN 

Korxona bir joyda turmaydi va muntazam ravishda ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etadi  hamda mahsulot assortimentida trendga oid takliflarni yaratadi.

Arxitektura va intererlar dizaynining so‘nggi tendensiyalari asosida, EKOPEN mutaxassislari tomonidan Titanium yangi ranglar yechimlari yaratildi.

Mazkur ranglar qatori, dizayner yechimlariga kengroq nazar solishga imkon beradi. Klassika yog‘och to‘qimalaridan tashqari, bugungi kunda mashhur xaytek va loft stillari uchun variantlar mavjud. «Titanium Line», «Titanium Silver», «Coal Grey» ranglar xonaning stilida aksentlarni qo‘yadi va kerakli elementlarga urg‘u beradi.

Foto: EKOPEN 

Xaytek – bu minimalizm, ergonomika va ilg‘or texnologiyalar. Bu yerda yorug‘lik va bo‘sh joy ko‘p. Farqli tomonlari – dekorning yo‘qligi va funksionallikning ustunligi. Xaytek xonaning intererida, arxitektura detallari va predmetlarning shakli va fakturasiga asosiy urg‘uni beradi, shunda rasm va rang gammasi ikkinchi planga o‘tadi. Materiallardan esa u shisha, metall va plastikni o‘zaro moslashtirishga imkon beradi. «Titanium Silver» xaytek uslubdagi derazalarni bezatish uchun to‘g‘ri keladi.

Loft – bu pardevorsiz, katta derazalarga ega, beton yoki g‘isht devorli katta xona. Butun xona zamonaviy va eski materiallar, teksturalar va sirtlarning bir- biriga mosligi asosida yaratilgan. Hatto shifti baland kichkina uyda, uslubning farqli elementlarini qo‘shib ozgina urban jozibalikni yaratsa bo‘ladi. «CoalGrey» rangli derazalar Loft dizayniga mos keladi.

Titanium ranglar qatori bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni quyidagi raqam orqali olsangiz bo‘ladi: 78 120 1200, +998 93 381 11 81. 
Barcha mahsulot qatorlari quyidagi saytda taqdim etilgan  http://ekopen.uz/ 
Bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling  https://t.me/ekopen.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid