Jahon | 15:48 / 22.11.2018
9322
2 daqiqa o‘qiladi

Mayamida Panama sobiq prezidentining o‘g‘illari hibsga olindi

Foto: AFP

Panama sobiq prezidenti Rikardo Martinellining ikki o‘g‘li Mayamida (Florida shtati) qo‘lga olindi va “pul yuvish”da ayblanib o‘z vataniga ekstraditsiya qilinishlari mumkin. Bu haqda Panama bosh prokuroriga tayanib Reuters xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, Panama hukumati 2017 yil noyabrda mamlakatning sobiq prezidenti o‘g‘illari Luisa Enirike va Rikardoni Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan noqonuniy ravishda 49 million dollar olganlikda ayblagandi. Ushbu kompaniya ularning otasi davlat rahbari bo‘lgan vaqtda Lotin Amerikasi tarixidagi eng yirik korruptsion mojaroga aralashib qolgan.

Martinelli 2009 yildan 2014 yilgacha Panama prezidenti bo‘lgan. U mamlakatni 2015 yil yanvarda tark etgan, 2016 yil iyunda esa panamalik sudya Xeronimo Mexiya AQShdan uni ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Interpol qidiruviga berilgan sobiq prezident 2017 yil iyunda Mayamida qo‘lga olingan va bir yildan so‘ng vataniga ekstraditsiya qilingan.

Martinelli telefon suhbatlarini noqonuniy tinglashni tashkil etish va korrupsiyada ayblanmoqda.

Mavzuga oid