Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yuzlab muhojirlar hibsga olindi
Meksikaning Chyapas shtatida navbatdagi muhojirlar karvoniga kiruvchi kamida 600 kishi hibsga olindi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Meksika federal politsiyasi va Migratsiya milliy instituti xodimlari muhojirlar Meksikada qolish va boshpana olish uchun hujjatlarni so‘rashdan voz kechganlaridan keyin ularni ushlay boshlagan.
21 noyabrda Salvadordan yana bir muhojirlar karvoni Meksika hududiga yetib borgani va chegaradagi Suchiate daryosidan o‘tgani ma'lum qilindi. Biroq undagi muhojirlar soni 250 nafarga baholangan va Meksika mutasaddi idoralari qanday qilib 600 kishini ushlagani tushunarsiz. Gap avvalroq kelgan karvonlardagi muhojirlar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda AQSh tomon Markaziy Amerikadan bir nechta muhojirlar karvoni yo‘l olmoqda.
Meksika ichki ishlar vazirligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh bilan chegaradagi Tixuana va Mexikali shaharlarida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan 5,6 ming muhojir mujassam bo‘lgan. Muhojirlardan bir qismi ortiga qaytib ketdi yoki Meksikada qolishga qaror qildi.
Bu orada 21 noyabrda Tixuanada gonduraslik 17 yoshli muhojir halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, u Tixuana va Mexikali o‘rtasidagi yo‘lda mashina tomonidan urib ketilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025