Sport | 23:59 / 23.11.2018
69887
2 daqiqa o‘qiladi

“Eronlik Xalk” va “sayyoramizdagi eng qo‘rqinchli odam” MMA qoidalari bo‘yicha o‘zaro jang o‘tkazadi

Eronlik og‘ir atletikachi, “eronlik Xalk” laqabi bilan tanilgan Sajad G‘aribiy MMA qoidalari bo‘yicha ilk jangini o‘tkazadi.

26 yoshli “ulkan” sportchining raqibi “undanda ulkanroq” britaniyalik 36 yoshli bodibilder va aktyor, “sayyoramizdagi eng qo‘rqinchli odam” deb ataluvchi Martin Ford bo‘ladi. Ford 2 metr bo‘yga va 150 kg vaznga ega. Eronlikning og‘irligi esa 180 kgni, bo‘yi esa 188 smni tashkil qiladi.

E'tiborlisi, ushbu jang Ford uchun ham MMA’dagi ilk jangi bo‘ladi. Jang 2019 yilda o‘tkaziladi.

G‘aribiy o‘zining aqlbovar qilmas jismoniy ko‘rsatkichlari bilan tanilgan. “Fors Gerkulesi”ning Instagram’dagi sahifasiga 400 ming kishi obuna bo‘lgan. 

2016 yilda G‘aribiy IShIDga qarshi kurashish uchun Eron qo‘shinlari safiga ko‘ngilli bo‘lib yozilishga tayyorligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid