Jahon | 00:54 / 23.11.2018
4505
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi shaharchada o‘rnatilgan yagona kuzatuv kamerasi 2 haftada 59 mingta qoidabuzarlikni qayd qildi

Foto: Comune di Pieve di Teco

Italiyaning Peve-di-Teko kommunasidagi cherkov yonida o‘rnatilgan yagona kuzatuv kamerasi 2 hafta ichida tezlikni oshirish bilan bog‘liq 58568 ta yo‘l harakati  qoidabuzarligini qayd qildi. Aniqlanishicha, harakatlanish tezligiga o‘rnatilgan 50 km/soatlik cheklovni 1400 kishilik shaharchadan o‘tuvchi haydovchilarning yarmiga yaqini buzadi.

Shaharcha meri Alessandro Alessandrining aytishicha, unga “o‘pkasi yo‘q” haydovchilar ustidan muntazam ravishda shikoyat tushadi va shu sababli uni mahalliy aholining xavfsizligi juda tashvishlantiradi. Alessandri qoidabuzarliklarni qayd qiluvchi kamera haydovchilarni tezlikni oshirishdan qaytaruvchi omil bo‘lishiga umid qilgandi. Biroq, haydovchilarning aksariyatiga bu hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan va ular shahar orqali 100 km/soat tezlik bilan o‘tishda davom etmoqdalar.  

Shahar meri ushbu yo‘l orqali ko‘p mashinalar o‘tishini kuzatuv kameralari va pullik yo‘llardan yurishdan qochmoqchi bo‘lgan haydovchilar orasida ommaviylashgani bilan tushuntirgan. Uning ta'kidlashicha, aksariyat haydovchilar yo‘lda tezlik nazorat qilinishi haqida ogohlantiruvchi belgi paydo bo‘lganiga e'tibor bermaydilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid