Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Yaqin Sharqdagi qadimiy sivilizatsiyaning halokati sababini aniqlashdi
Zamonaviy Iordaniya hududida joylashgan qadimiy sivilizatsiyaning halokatiga meteorit sabab bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Science News nashri ma'lum qildi.
AQShning Albukerke shahridagi Janubi-g‘arbiy universitet olimlari Tall-al-Hammom shahri yaqinidagi qadimiy jinslarni tahlil qilib, bu hududda minerallar kristallanishi bir onda va yuqori harorat sababli yuz berganini aniqlashgan. Bundan tashqari, olimlar uylar poydevorlari qoldiqlarini tadqiq qilib, binolar bir onda vayron bo‘lganini aniqlashgan.
Olimlar bu ma'lumotlardan kelib chiqib, 2,5 ming yillik sivilizatsiyani meteorit yo‘q qilgan, degan xulosaga kelishgan. Meteorit Yer sirtida portlab, 25 kilometr diametrdagi 5 shahar va yuzdan ko‘proq qishloqni vayron qilgan.
Mavzuga oid
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
19:29 / 16.05.2025
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?
16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?
22:15 / 14.05.2025